Farrux Zokirov Xalq artistlari klubi rahbari bo‘ldi

© Commons.wikimedia / Doniyor Sharipov, Dilbar Rahmonova and othersPeves Zakirov Farrux Karimovich
Peves Zakirov Farrux Karimovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi klub ijod qilayotgan yoshlar bilan barcha yo‘nalishlarda ish olib boradi: ularning madaniyati, sahnadagi xulq-atvori, musiqa va ashulalarning ma’naviy tomonlari ham kuzatib boriladi.

TOShKENT,  21 avg – Sputnik. O‘zbekiston Xalq artisti Farrux Zokirov Xalq artistlari klubi rahbari etib saylandi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.

Ushbu yilning 17-avgustida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “O‘zbekkonsert” rahbari Azamat Haydarov Xalq artistlari klubiga taniqli xonanda Farrux Zokirovni taklif qilgan. Nomzod barcha ishtirokchilar tomonidan ma’qullangan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
"Lik-lik" - xalq artisti": ijodkor ziyolilar davrasida Mirziyoyev aytgan yorqin jumlalar

Madaniyat vaziri Baxtiyor sayfullayevich aytishiga qaraganda, yangi klub ijod qilayotgan yoshlar bilan barcha yo‘nalishlarda ish olib boradi: ularning madaniyati, sahnadagi xulq-atvori, musiqa va ashulalarning ma’naviy tomonlari ham kuzatib boriladi. Shuningdek, Xalq aristlari klubda yoshlar bilan o‘z tajribalari bilan baham ko‘rishishadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 3-avgustida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, prezident Shavkat mirziyoyev yosh arstistlar bilan jiddiy ishlash kerakligini ta’kidlagan edi.

“Ushbu klub a’zolari muntazam yig‘ilishib, yurtimiz va jahon san’at olamida yuz berayotgan ijodiy jarayonlarni muhokama qilib borsa, yuqorida tilga olingan kamchilik va muammolarni yechish, yosh iste’dodlar tarbiyasi, madaniyatimizni ravnaq toptirish bo‘yicha yangi g‘oya, tashabbus va takliflar bildirib borsa, o‘ylaymanki, foydadan xoli bo‘lmasdi. Klubning eng faol a’zolari bo‘lgan Xalq artistlarini yil yakuni bo‘yicha e’tirof etib, rag‘batlantirib borishni ham yo‘lga qo‘yish lozim”, — degan edi Prezident.

Yangiliklar lentasi
0