20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Tomoshabinlar

Oʻzbekistonlik rejissyor AQShda oʻtkazilgan filmlar festivalida gʻolib deb topildi

© Sputnik/ Vadim Shekun
Madaniyat
Havola olish
38910

"Festivalda saralangan 400 ta film orasida Anvar "Tugʻilgan kunga tabriknoma" ("A Birthday Card") nomli qisqa metrajli filmi uchun "Yosh rejissyor suratga olgan eng yaxshi film" ("Best Youth") nominatsiyasi boʻyicha gʻolib, deb topildi", - deyiladi xabarda

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekistonlik Anvar Madraimov Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kaliforniya shtatida oʻtkazilgan qisqa metrajli filmlar festivalida gʻolib, deb topildi, deb xabar qilindi Oʻzbekiston Hukumat portalida.

"Festivalda saralangan 400 ta film orasida Anvar "Tugʻilgan kunga tabriknoma" ("A Birthday Card") nomli qisqa metrajli filmi uchun "Yosh rejissyor suratga olgan eng yaxshi film" ("Best Youth") nominatsiyasi boʻyicha gʻolib, deb topildi", — deyiladi xabarda.

Anvarning drama janrida suratga olgan qisqa metrajli filmida farzandlarini yolgʻiz tarbiyalayotgan ayol taqdiri, uning yangi hayot qurishga intilishi yoʻlida duch kelayotgan holatlar, oilaviy hayot bilan bogʻliq ijtimoiy masalalar haqida hikoya qilinadi.

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, A.Madraimov 22 yoshda boʻlib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida taʼlim olgan. Hozirgi kunda Los-Anjeles shahridagi Nyu York kinoakademiyasining ("New York Film Academy") kinematografiya fakultetida oʻqishini davom ettirmoqda.

Anvar qator qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar rejissyoridir. U toʻliq metrajli badiiy film suratga olish sirlarini oʻrganmoqda.

Asosiy mavzular