07:04 23 Noyabr 2017
Efir
Dni kulturы Uzbekistana v Tadjikistane

Bugun Kreml saroyida Oʻzbekiston madaniyati kunlariga start beriladi

Madaniyat
Havola olish
289 0 0

Madaniyat kunlari 14 sentyabr kuni "Kosmos" kontsert zalida oʻzbek ijrochilarining kontserti bilan nihoyasiga yetadi.

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Bugun Kreml davlat saroyida kontsert dasturi orqali Rossiyada Oʻzbekiston madaniyati kunlari ochiladi. Bu haqda Rossiya madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Tadbir ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 25 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilmoqda.

Kreml saroyi sahnasida "Oʻzbekiston" va "Navbahor" ashula va raqs ansambllari aʼzolari, "Maqom" musiqiy xalq ansambli, "Oʻzbegim" guruhi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Kamoliddin Oʻrinboyev rahbarligidagi yoshlar simfonik orkestri, Farrux Zokirov boshchiligidagi "Yalla" vokal-cholgʻu ansambli chiqish qiladi.

Oʻzbekistonning yetakchi opera solistlari Motsart, Verdi, Puchchini operalaridan ariyalar kuylashadi hamda baletchilar lyudvig Minkus musiqasi asosida "Don Kixot" asaridan parcha namoyish etishadi.

Bundan tashqari, Rossiyada Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida 13 sentyabr kuni Butunrossiya amaliy bezak va xalq sanʼati muzeyida "Rossiya toʻplamlarida Oʻzbekistonning madaniy merosi" mavzuida davra suhbati oʻtkaziladi. Muzeyda shu kuni oʻzbek sanʼat asarlari koʻrgazmasi ham ochiladi.

Madaniyat kunlari 14 sentyabr kuni "Kosmos" kontsert zalida oʻzbek ijrochilarining kontserti bilan nihoyasiga yetadi.

Rossiyada Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar tashkilotchilari Rossiya va Oʻzbekiston madaniyat vazirliklari, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, "Roskontsert" va Butunrossiya amaliy bezak va xalq sanʼati muzeyidir.

Asosiy mavzular