Kreml saroyidagi ko‘zoshlar, barchani o‘ynatgan Gulsanam va "Lazgi" hamda o‘zbek quyoshi

© Alina XusainovaKonsert-otkritie dney uzbekskoy kulturi v Rossii v Gosudarstvennom Kremlevskom Dvorse
Konsert-otkritie dney uzbekskoy kulturi v Rossii v Gosudarstvennom Kremlevskom Dvorse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Moskvadagi Kreml davlat saroyida O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali konsert bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Dilshodbek Asqarov. Kecha Moskvadagi Kreml davlat saroyida O‘zbekiston madaniyati kunlari ochilishiga bag‘ishlangan konsert dasturi barcha kutganidan a’lo o‘tdi desam adashmagan bo‘laman. Konsert boshlanishidan bir soatcha ilgari saroy oldidagi maydonga kelganimda o‘zimni go‘yoki to‘yga kelgandek his qildim. Barcha bayramona libosda, qulog‘ingizga tez-tez o‘zbekona salom-aliklar chalinadi.

Taklifnomani qo‘lda tutgancha kirish eshigi tomon yuramiz. Turniket, metallodetektordan o‘tgach, saroy tomon yuz metrcha yo‘l bosamiz.

Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Bugun Kreml saroyida O‘zbekiston madaniyati kunlariga start beriladi

Mana, o‘sha muhtasham Kreml davlat saroyi. Ichkariga kiramiz. Keng zal gavjum. Jurnalistlar, operatorlar xizmat vazifalarini bajarishmoqda.

Konsert boshlanishiga ozgina qolganida zalga kirdik. Zalning deyarli yarmi ham to‘lmagan edi. Nahotki bugungi konsertga qiziqish shunchalik past deya o‘yladim. Yo‘q, adashgan ekanman. Bir necha daqiqa ichida olti ming kishini sig‘diradigan zal to‘ldi. Chiroqlar o‘chirilib, sahna yoritildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktor Fathulla Ma’sudovning shirali ovozi meni xayolan O‘zbekistonga olib ketdi. O‘zimni go‘yoki O‘zbekistonda konsert tomosha qilib o‘tirganday his qildim.

Sahnaga O‘zbekiston xalq artistlari Muyassar Razzoqova, Ramiz Usmonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Shirin Mamatovalar chiqib kelishdi. Ular ijrosidagi qo‘shiq va raqqosalar raqsi bilan badiiy dastur boshlanib ketdi.

So‘ngra sahnaga O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva taklif etildi. O‘sha ovoz, o‘sha chehra, o‘sha o‘zbek do‘ppisi, o‘sha o‘rilgan sochlar, o‘sha milliy o‘zbek libosi. Bundan o‘ttiz yil ilgari men ko‘rgan Munojot Yo‘lchiyeva bugun ham xuddi o‘shanday. Uning ovozi butun zalni sehrladi.

"O‘zbekiston" va "Navbahor" raqs ansambllari ijrosidagi raqslar o‘zbek milliy raqsining haqiqiy jozibasini namoyish etdi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida besh million nafar qochoqni qabul qilgan o‘zbek elining matonati, jasorati va buyuk mehribonligi aslo unutilmasligiga konsert davomida ishonch hosil qildim.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Madaniyat vazirligi uchun ko‘rkam bino ajratishga qaror qildi

O‘zbekiston xalq artisti, kinorejissor Shuhrat Abbosovning "Sen yetim emassan" filmidan parcha ko‘rsatilganida beixtiyor bo‘g‘zimga nimadir tiqildi, ko‘zimga yosh keldi. Rossiya xalq artisti Yuriy Stoyanovning o‘zbek xalqi haqidagi fikrlari, rossiyalik siyosatchi Aleksey Novotochinovning o‘zbek xalqi O‘zbekistonga urush yillarida keltirilgan 650 ming nafar bolaning birortasini ham bolalar uylariga topshirmasdan o‘z oilalariga, o‘z bag‘irlariga qabul qilganliklari, bunday saxovatga faqat buyuk xalqgina qodir ekanligi haqidagi so‘zlaridan so‘ng zalda gulduros qarsaklar yangradi.

Abduhoshim Ismoilov boshchiligidagi sozandalarning ijrolari ham olqishlar bilan qarshi olindi. Mashhur g‘ijjakchimiz sozni shunday sayratdiki, agar Vanessa Mey zalda bo‘lganida Abduhoshim akaga shogird tushgan bo‘lardi, deb o‘yladim.

Sevara Nazarxon o‘z ovozi bilan Rossiyada ko‘pchilikning mehr va hurmatini qozongani uning sahnaga chiqib kelishida gulduros qarsak va olqishlar bilan kutib olinganidan ayon bo‘ldi.

© Alina XusainovaRossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi
Konsert-otkritie dney uzbekskoy kulturi v Rossii v Gosudarstvennom Kremlevskom Dvorse - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi

Gulsanam Mamazoitovaning sho‘x qo‘shig‘i boshlangach, men o‘ylagan va kutgan holat sodir bo‘ldi. Zalning u yer-bu yeridan tomoshabinlar o‘rinlaridan turib, raqsga tushishni boshlab yuborishdi.

To‘lqin Jabborov ijrosidagi "Lazgi" esa deyarli barchani o‘rnidan turib raqsga tushishga chorladi.

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov boshchiligidagi "Yalla" guruhining "Choyxona" va "Uchquduq" qo‘shiqlariga butun zaldagi tomoshabinlar jo‘r bo‘lishdi.

Umuman olganda, kechagi konsert o‘zbek madaniyati va san’atining qadim tarixga ega ekanligini, o‘zbek zamini iste’dodlarga to‘la ekanligini, o‘zbek san’atkorlari dunyoning istalgan mamlakatidagi sahnalarda muxlislar qalbini zabt eta olishlarini namoyish etdi.

© Alina XusainovaRossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi
Konsert-otkritie Dney uzbekskoy kulturi v Rossii v Gosudarstvennom Kremlevskom dvorse - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi

Yuqorida nomlari tilga olingan san’atkorlardan tashqari, O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Kamoliddin O‘rinboyev, Yulduz Turdiyeva, Oygul Nodirova, yoshlar simfonik orkestrining chiqishlari ham barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur konsertni tashkillashtirgan tashkilotchilar, rejissorlar ishi ham alohida tahsinga loyiq. San’atkorlarning liboslaridan tortib tanlangan qo‘shiqlargacha, sahna ortidagi ulkan ekranda har bir qo‘shiq uchun tanlangan lavhalardan tortib sahna bezagigacha — barcha-barchasi ajoyib.

Konsert dasturi ochilishida so‘zga chiqqan O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ajoyib bir lutf qildi.

"Biz Rossiyaga nafaqat o‘zbek san’ati, madaniyatini, balki O‘zbekiston haroratini ham olib keldik", dedi u.

Darhaqiqat, ora kunda qovog‘ini solib oladigan, sharros yomg‘ir quyib yuboradigan Moskva osmoni kecha oqshomda ham quyoshli edi. Mehr nuriga to‘la o‘zbek quyoshi Moskvada nur sochib, barchaga iliqlik baxsh etayotgandek edi go‘yo.

Ishonchim komilki, kechagi konsert davomida tarovat baxsh etgan o‘zbek san’ati va madaniyati tafti barchaning qalbida abadiy saqlanib qoladi.

Yangiliklar lentasi
0