07:03 23 Noyabr 2017
Efir
Knigi

Shukrulloga "Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi" mukofoti berildi

© RIA Novosti
Madaniyat
Havola olish
28910

"Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi" mukofoti har yili turkiy dunyoning eng hurmatli va yetuk shoir-yozuvchilariga taqdim etiladi

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Turk dunyosining 2017 yildagi madaniy poytaxti Turkiston shahrida boʻlib oʻtayotgan "Turk dunyosi adabiy nashrlari muharrirlarining 7-kongressi"da Yevrosiyo Yozuvchilar uyushmasining "Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi 2016" mukofoti buyuk oʻzbek shoiri va yozuvchisi Shukrulloga taqdim etildi, deb xabar bermoqda Ziyouz portali.

Xabarda aytilishicha, 96 yoshli Shukrullo domla kongressga kela olmagani uchun sovrinni topshirish vakolati Ziyouz portali muharriri Davronbek Tojialiyevga berildi.

Narodnomu poetu Uzbekistana Shukrullo vruchili premiyu Literaturnыy chelovek goda v turetskom mire
Oʻzbekiston xalq shoiri Shukrulloga "Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi 2016" mukofoti taqdim etildi

Shukrullo (Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tugʻilgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston xalq shoiri.

Koʻplab sheʼriy asarlar, dostonlar, bolalarga atalgan sheʼr va ertaklar, sheʼriy dramalar muallifi.

"Javohirlar sandigʻi" essesi, qatagʻon davri dahshatlari haqidagi "Kafansiz koʻmilganlar" avtobiografik qissasi, "Tirik ruhlar" roman-xronikasi muallifi. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, "Doʻstlik" va "El-yurt hurmati" ordenlari bilan mukofotlangan.

"Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi" mukofoti har yili turkiy dunyoning eng hurmatli va yetuk shoir-yozuvchilariga taqdim etiladi. Bu mukofotga 2011 yili Ali Oqbosh (Turkiya), 2012 yili Anor (Ozarbayjon), 2013 yili Toʻlen Abdik (Qozogʻiston), 2014 yili Ismoil Boʻzqurt (Kipr), 2015 yili Umar Sultonov (Qirgʻiziston) sazovor boʻlgan.

Asosiy mavzular