Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ kelasi yilgacha yopiladi

© SputnikPark kulturi i otdixa imeni Mirzo Ulugbeka
Park kulturi i otdixa imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butun bog‘ bo‘ylab piyodalar yo‘lkalari yangilanadi, trassa tomondan qo‘shimcha yo‘l ochiladi, qo‘shimcha avtoturargoh quriladi, attraksionlar yangilanadi, kommunikatsiyalar va eski binolar rekonstruksiya qilinadi

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. 2 oktabrdan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i rekonstruksiya uchun yopiladi.

"Asosiy vazifamiz — bog‘ning qiyofasini yangilash, uni yanada zamonaviy va maftunkor qilish. Toshkentning eng qadimiy bog‘i bo‘lmish Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ 1934-yilda ochilgan. Bog‘ning ko‘plab kommunikatsiyalari va tashqi qiyofasi tushkun ahvolga kelmoqda, ayrim bino va attraksionlar talabga javob bermaydi. Shu bois biz bog‘ infrastrukturasi va muhandislik tarmoqlarini to‘liq modernizatsiya qilamiz", deyiladi bog‘ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Delfinariy - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent markazida delfinariy va dunyo mo‘’jizalari joylashgan park quriladi

Shu bilan birga bog‘ning asosiy boyligi- barcha daraxtlar, ayrimlarining yoshi 100 dan oshgan, saqlab qolinadi. Bog‘da yangi daraxtlar ham paydo bo‘ladi: bunga O‘zbekistonning eng yaxshi dendrologlari jalb etilgan. Butun jarayon shahar madaniyat boshqarmasi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadi.

Loyihaga ko‘ra, butun bog‘ bo‘ylab piyodalar yo‘lkalari yangilanadi, trassa tomondan qo‘shimcha yo‘l ochiladi, qo‘shimcha avtoturargoh quriladi, attraksionlar yangilanadi, kommunikatsiyalar va eski binolar rekonstruksiya qilinadi.

Keksa insonlar uchun maxsus zonalar ochish rejalashtirilgan. Shuningdek, sport bilan shug‘ullanuvchilar va yoshlar uchun zonalarga e’tibor qaratiladi. Bog‘ hududida doimiy asosda turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi. Shu bilan birga, sayr va hordiq uchun tinch zonalar saqlab qolinadi.

Boqqa kirish bepul bo‘lib qoladi. Bog‘ning ochilishi keyingi yilga mo‘ljallanmoqda.

Barcha jarayonlar ijtimoiy tarmoqdagi sahifa orqali yoritib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0