Toshkentda Tojikiston filmlari namoyish etiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZriteli sidat v kinoteatre
Zriteli sidat v kinoteatre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 10-14 oktabrda Tojikiston kunlari doirasida mahsulotlar yarmarkasi va filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Ushbu kunlarda Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkentda 11-oktabrdan Tojikiston mahsulotlari yarmarkasi boshlangan edi. Unda Tojikistondan 130 dan ortiq korxonalar ishtirok etmoqda.

12-14 oktabr kunlari esa Tojikiston madaniy tadbirlari rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan yurtimizga Tojikiston Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Ibodullo Mashrabov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurmoqda.

Madaniyat kunlari doirasida tojik filmlari namoyishi rejalashtirilgan. Rejisser N. Saidovning 2013-yilda suratga olingan “Aksi yo‘q ko‘zgu” filmi 12-oktabr soat 16:30da va “Ustoz” filmi  13-oktabr, soat 17:30 da namoyish etilashdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2017-yildan boshlab Tojikiston bilan madaniy va iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirib bormoqda. Ushbu yilning 17-20 aprel kunlari Tojikistonda O‘zbekiston kunlari tadbiri bo‘lib o‘tgan edi. Unda 160dan ortiq korxona mahsulotlari namoyish qilingan va o‘zbek sahna yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari bo‘lib o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0