14:47 23 Oktyabr 2017
Efir
Statuetka premii Oltin Kalam

Britaniyalik yozuvchiga Oʻzbekistonning "Oltin qalam" mukofoti topshirildi

© uz24.uz
Madaniyat
Havola olish
16010

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun Karolina Pink "Oltin qalam" mukofotiga sazovor boʻldi

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Buyuk Britaniyaning yetakchi nashriyotlaridagi qator turizm va sayyohlikka bagʻishlangan maqolalar va "Samarqand" kitobining muallifi Karolina Pinkga (Eden) jurnalistika sohasidagi "Oltin qalam" XII Milliy mukofoti topshirildi.

mukofotni topshirish marosimi Oʻzbekistonning London shahridagi elchixonasida boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston TIV matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, u Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, Britaniya turistlarining Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishini qondirish, qadimiy tarixini, arxitektura va boshqa diqqatga sazovor joylarni ommalashtirishga qaratilgan ahamiyatli hissalari uchun mukofotlangan.

Yozuvchi Oʻzbekistonga boʻlgan alohida munosabati va "Samarqand" kitobini nashr etishdagi muvaffaqiyatini inobatga olib, kelgusi yili "Dastarxan" deb nomlangan yangi kitob yozishni rejalashtirmoqda. Ushbu kitob Oʻzbekistonning noyob anʼanalari va tarixiga bagʻishlanadi.

Asosiy mavzular