06:56 24 Noyabr 2017
Efir
Prezentatsiya Nedeli rossiyskogo kino v Uzbekistane

Oʻzbekistonda Rossiya kinosi haftaligi boshlandi

© sputnik
Madaniyat
Havola olish
10401

Haftalik doirasida oʻzbekistonlik kinoijodkorlar bilan muzokaralar, talabalar uchun mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiyalik kinoijodkorlar ishtirokida Toshkent shahrida ilk marotaba Rossiya kino haftaligi boshlandi, deb xabar qildi oʻzining Feysbukdagi sahifasida Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev. 

"Hozirgina "Yoshlar press klubi" zalida ushbu haftalikka bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. 

Ushbu haftalik Oʻzbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi ikki tomonlama madaniy aloqalarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Tadbir Rossiya Federatsiyasi madaniyat vazirligining koʻmagida Rossiyaning "Festsinema" kinokompaniyasi "Oʻzbekkino" milliy agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilmoqda", — deyiladi xabarda.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — kinematografiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, oʻzbek tomoshabinini rossiyalik kinoijodkorlarning eng sara asarlari bilan yaqindan tanishtirishdir.

Haftalik doirasida oʻzbekistonlik kinoijodkorlar bilan muzokaralar, talabalar uchun mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

Rossiya kino haftaligini Eduard Bordukovning dunyo boʻylab oʻttizdan ortiq mukofotlarga sazovor boʻlgan "Korobka" filmi ochib beradi.

Tadbir dasturi jami oltita filmni oʻz ichiga olgan boʻlib, ularning barchasi Rossiya hamda xalqaro miqyosdagi kinofestivallarda ishtirok etgan va sovrindor boʻlgan sara asarlardir.

Haftalikda rossiyalik mashhur reportyor va prodyuser Mixail Degtyar, "Nika" sovrindori, Venetsiya kinofestivali gʻolibi, operator Alisher Xamidxodjayev, prodyuser Natalya Ivanova, Rossiyada xizmat koʻrsatgan artistlar Svetlana Toma, Evklid Kyurdzidis, aktyor Aleksandr Peskov ishtirok etmoqda.

Mehmonlar oʻz navbatida ushbu haftalikdan manfaatdor ekanligini, kelgusida Yosh kinoijodkorlar kengashi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ekanligini taʼkidlashdi.

Hademay, haftalik "Yoshlar ijod saroyi"da ochiladi.

Asosiy mavzular