06:57 24 Noyabr 2017
Efir
Aneta Sultanova

Oʻzbekistonlik qizlar "Koinot goʻzali" tanlovi finaliga chiqishdi

© beautyofuniverse.ru
Madaniyat
Havola olish
1065 0 0

Tanlov gʻolibasi yirik miqdordagi pul mukofoti va homiylar sovgʻalarini qoʻlga kiritadi hamda maxsus loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00da xalqaro "Koinot goʻzali" tanlovi finalida ovoz berish jarayoni boshlandi. Finalda dunyoning 6 mamlakatidan (Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, Chexiya, Germaniya, Belarus) 11 nafar qiz ishtirok etmoqda.

Toshkentlik Aneta Sultanova va Anastasiya Polovinkina tanlov finaliga chiqishdi.

Ovoz berish 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da nihoyasiga yetadi. Eng koʻp ovoz toʻplagan 3 nafar finalchi 10 noyabr kuni Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan "Koinot goʻzali-2017" tanlovi gʻolibasini aniqlash va taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

Tanlov ishtirokchisi uchun mana bu havola orqali ovoz berish mumkin.

"Koinot goʻzali" tanlovi jahon miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha boʻlib, unda turmushga chiqmagan 18-26 yoshli qizlar qatnashishlari mumkin.

Mazkur tanlov shaxsni shakllantirish, oilaviy qadriyatlar va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Tanlov gʻolibasi pul mukofoti, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. U shuningdek, xalqaro brendlarning fotosessiyalari hamda qiziqarli ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Asosiy mavzular