06:56 24 Noyabr 2017
Efir
Zasedaniye kluba narodnыx artistov Uzbekistana

Oʻzbekiston xalq artistlari Konstitutsiya kuniga bagʻishlab gala-kontsert oʻtkazishadi

© Press slujba "Uzbekkontsert"
Madaniyat
Havola olish
364 0 0

Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov raisligida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston xalq artistlari klubining yigʻilishida Klubning asosiy vazifalari, chora-tadbirlari keng muhokama qilindi

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligini nishonlashga bagʻishlangan tadbirlar doirasida Oʻzbekiston xalq artistlari ishtirokida gala-kontsert tashkil etiladi. Bu haqda "Oʻzbekkontsert" davlat muassasasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov raisligida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston xalq artistlari klubining yigʻilishida Klubning asosiy vazifalari, chora-tadbirlari keng muhokama qilindi.

Isteʼdodli yosh xonandalarning kasbiy va maʼnaviy kamol topishiga imkon yaratish, ularning malaka oshirishi, tarbiyalash, shoir-bastakor-ijrochi uchligi doimiy hamkorlikda ish olib borishiga koʻmaklashish,oʻz iqtidorini namoyon etishi uchun zarur tashkiliy masalalarni hal etish, bozor munosabatlari sharoitida yakkaxon ijrochilar va ijodiy jamoalar faoliyatiga koʻmaklashishga doir vazifalar haqida fikr yuritildi.

Shu bilan birga Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligini keng nishonlashga bagʻishlangan tadbirlar doirasida Oʻzbekiston xalq artistlari ishtirokida gala-kontsert tashkil etish taklifi bir ovozdan maʼqullandi.

Asosiy mavzular