06:57 24 Noyabr 2017
Efir
Mikrofon na stsene

“Oʻzbekkontsert”ga yangi rahbar tayinlandi

© Flickr/ Ben Grey
Madaniyat
Havola olish
457 0 0

Odil Abduqahhorov Oʻzbekistonda xonandalar faoliyatini litsenziyalovchi davlat muassasasi rahbari vazifasini oʻtuvchi etib tayinlandi.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. “Oʻzbekkontsert”ga yangi rahbar tayinlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Oʻzbekistonda xonandalar faoliyatini litsenziyalovchi davlat muassasi direktori vaqtincha vazifasini bajaruvchi etib sobiq “Kontsert faoliyatini litsenziyalash” boʻlimi boshligʻi Abduqahhorov Odil Abduganiyevich tayinlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekkontsert” sobiq rahbari Azamat Haydarov ham ushbu lavozimda “vaqtincha vazifasini oʻtuvchi” qoʻshimchasi bilan ishlab kelgan edi.  

Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi xabariga koʻra, yangi rahbar oʻz faoliyatini 23 oktyabrdan boshlaydi. Bundan ikki kun oldin  Abduqahhorov Odil vazirning birinchi oʻrinbosari Ozodbek Nazarbekov tomonidan kollektivga tanishtirilgan edi.

Ushbu yilning fevral oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning buyrugʻiga binoan “Oʻzbeknavo” va “Oʻzbekraqs” estrada uyushmalari oʻrniga “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi tashkil qilingan edi. Yangi muassasa Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi tarkibiga kirib, 2,5 mingdang ortiq ijodiy jamoalar va xonandalarnining faoliyatini nazorat qilib turadi.

Odil Abdukaxarov
Sputnik
Odil Abdukaxarov

 

Asosiy mavzular