MGU filialida "IT-school" - dasturchilar maktabiga tanlov bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Tanlovda 300dan ortiq 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan maktab va kollej o‘quvchilari ishtirok etdi. Ular matematik logika bo‘yicha va S++ dasturlash tili bo‘yicha 6tadan topshiriqlar bajarishdi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. 2017 yilning 22-oktabrida MGUning Toshkentdagi filialida "IT-school" — dasturchilar maktabiga tanlov bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda OTM rasmiy sahifasi.

Talabalar - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi MGU filialida magistratura ochilishi mumkin

Yoshlar ittifoqining shahar kengashi raisi Elbek Shukurov, Fan va texnologiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev va MGUning Toshkent filiali Matematika va informatika fakulteti dekani Shuxrat Sheraliyevlar ushbu tanlovda kuzatuv komissiyasi a’zolari bo‘lishdi.

Tadbir o‘tkazishda Xalqaro Vestminister universiteti, Toshkent Meditsina akademiyasi, Gubkin nomli Rossiya neft va gaz universiteti talabalari ko‘ngilli yordam berishdi.

Tanlovda 300dan ortiq 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan maktab va kollej o‘quvchilari ishtirok etdi. Ular matematik logika bo‘yicha va S++ dasturlash tili bo‘yicha 6tadan topshiriqlar bajarishdi.

Tanlov g‘oliblari nomlari yaqin orada muassasa saytida e’lon qilinadi.

© Filial MGU imeni M.V.Lomonosova v gorode TashkenteOtborochniy tur v shkolu programmirovaniya IT-school
Otborochniy tur v shkolu programmirovaniya IT-school - Sputnik O‘zbekiston
Otborochniy tur v shkolu programmirovaniya IT-school
Yangiliklar lentasi
0