"Kultura" telekanali O‘zbekiston haqida film namoyish qildi

© Sputnik / Mixail GenisSamarkand
Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filmda o‘zbekistonlik olimlar, dinshunoslar, me’mor, tarixchi va kalligraflar bilan intervyular, turli kino va foto hujjatlar arxiv kinolenta kadrlari va noyob muzey artefaktlari namoyish qilingan.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Rossiyaning "Kultura" telekanalida "O‘zbekiston: ochilgan dil izhorlari" ("Uzbekistan: obretennie otkroveniya") namoyishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Bir soat davom etgan filmda qanday qilib bugungi O‘zbekistonda zamonaviy hayot qadimiy an’analar va xalq  donishmandligi bilan qo‘lma-qo‘l qadam tashlayotgani haqida so‘zlab beradi.

Telekanal Mir snimayet dokumentalniy film v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
"Mir" teleradiokompaniyasi O‘zbekiston haqida hujjatli film suratga olmoqda
Mahalliy olimlarning O‘zbekistondagi yodgorliklarida bitilgan  qadimiy yozuvlarni o‘qib ma’nosini anglash borasida olib borayotgan ishlari — Filmning asosiy g‘oyasiga aylangan.      

Film O‘zbekistonning Xiva, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarida suratga olingan. Undan ko‘plab me’morlar, sharqshunos olimlar, tarixchilar, kalligraflarning fikrlari,  turli kino va foto hujjatlar, arxiv kinolenta kadrlari va noyob muzey artefaktlari namoyish qilingan.

Tomoshabinga Islom dinini madaniyat va ma’rifat, ezgulik va tinchlik hamda bag‘rikenglik dini sifatida namoyish qilish — filmning asosiy g‘oyalaridan biriga aylangan.

"O‘zbekiston har doim bag‘rikeng hudud bo‘lgan. Bu yerda turli din va madaniyat vakillari tinch-totuv yashagan. Bunga Xo‘ja Doniyorning Samarqanddagi maqbarasi, Toshkentdagi katolik va pravoslav cherkovlari misol bo‘lishi mumkin. Biz bugungi kunda O‘zbekiston qanday qilib qadimiy avlodlar vasiyati hamda ma’rifatli Islom o‘gitlari asosida yashayotgani haqida so‘zlab beramiz", — deydi film rejisseri Valeriy Belov.  

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Rossiya telekanali O‘zbekiston haqida ikkita hujjatli filmlar suratga oligan edi. "O‘zbekiston — qumlar orasidagi marvarid" va "Vaqt qumlari orasidan" nomli filmlari namoyish etilgan edi.

"O‘zbekiston: ochilgan dil izhorlari" filmni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0