06:58 24 Noyabr 2017
Efir
Kontsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre

Sanʼatkorlarning sahnada oʻzini tutishi va muomala madaniyati nazorat ostiga olinadi

© sputnik
Madaniyat
Havola olish
62132

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni ijodkorlar, sanʼat vakillari va jurnalistlar bilan oʻtkazgan uchrashuvida sanʼat olamidagi hozirgi ahvolni qattiq tanqid ostiga olgandi

TOSHKENT, 4 noya – Sputnik. Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi oʻrtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Madaniyat vazirligi oʻrtasida tuzilgan bu hamkorlik asosida teatr sanʼati, milliy va zamonaviy qoʻshiqchilik, raqs sanʼati hamda teleradiokanallarda efirga uzatiladigan qoʻshiq va kliplarning mazmun-mohiyati, respublika sanʼat saroylarida taqdim etiladigan kontsert dasturlarining oʻzbek milliy maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʻshayotgan hissasini oshirishga qaratilgan targʻibot ishlari, ijodkorlarning faoliyati, kiyinish madaniyati, sahnada oʻzini tutishi, imidji, muomala madaniyatini nazoratga olishni koʻzda tutuvchi hamkorlik ishlari, maʼnaviy-maʼrifiy va axloqiy tarbiya masalalarida keng koʻlamli faoliyat olib borish nazarda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni ijodkorlar, sanʼat vakillari va jurnalistlar bilan oʻtkazgan uchrashuvida sanʼat olamidagi hozirgi ahvolni qattiq tanqid ostiga olgandi.

Asosiy mavzular