06:57 24 Noyabr 2017
Efir
V Muzeye istorii svyazi Uzbekistana otkrыlas vыstavka serebryanыx marok, posvyaщennыx Svyatoy Mekke

Toshkentda Makka shahriga bagʻishlab kumushdan tayyorlangan markalar koʻrgazmasi ochildi

RTSNK v Tashkente
Madaniyat
Havola olish
268 0 0

Markalar 999 probali kumushdan tayyorlangan

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Oʻzbekiston aloqa tarixi muzeyida muqaddas Makka shahriga bagʻishlangan kumush markalar koʻrgazmasi ochildi. Bu haqda Rossiya fan va madaniyat markazining Toshkentdagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Koʻrgazmaga 40ta kumush marka qoʻyilgan. Markalar 999 probali kumushdan tayyorlangan. Mazkur kollektsiyaga turli yillarda 24 islom davlati tomonidan "Muqaddas Makka" mavzusida chiqarilgan markalar asos boʻlgan. Shuningdek, Qurʼon kitobining kumushdan tayyorlangan bir sahifasi ham namoyish etiladi.

Koʻrgazma ikki oy davomida ishlaydi.

Koʻrgazma ochilish marosimi doirasida Toshkent viloyatidagi maktablarga bolalar adabiyotlari tarqatildi.

Asosiy mavzular