06:57 24 Noyabr 2017
Efir
V Tashkente pokazali spektakl pro migrantov

Toshkentda mashhur rejisser migrantlar haqida spektakl qoʻydi

Andrey Teshayev
Madaniyat
Havola olish
282 0 0

Yolqin Toʻychiyevning yangi spektakli, tomoshabinni bugungi kunning eng muhim savollaridan biri - odamlarni oʻz yurtini tashlab ketishga nimalar majbur qilayotgani haqida oʻylantirib qoʻyadi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekistonlik mashhur kinorejisser, Yolqin Toʻychiyev “Diydor” studiya-teari sahnasida, bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biri boʻlgan, mehnat migrantlari haqida "Mono-Lock" nomli spektakl qoʻydi.

Sputnik muxbiri xabariga koʻra, zamonaviy uslubda yaratilgan ushbu spektakl, sahnada boʻlayotgan harakatlarning maʼnosini tushunish uchun, tomoshabindan chuqur diqqat va uychanlikni talab qiladi. Spektakl  bugungi kunda oʻta muhim boʻlgan bir qator savollarni koʻndalang qoʻyadi. Shunday savollardan biri – odamlarni oʻz yurtini tark etishga nima majbur qiladi va keyinchalik bu ularning taqdiriga qanday taʼsir koʻrsatadi?

V Tashkente pokazali spektakl pro migrantov
Andrey Teshayev
"Mono-Lock" spektaklidan sahna

Spektakl voqealari uzoq qishloqlardan birida boʻlib oʻtadi. U yerda mahalliy aholida na biror ish na kelajakka umid bor. Spektakl bosh qahramoni Halima, qishloqning eng goʻzal qizi, oʻz muhabbatidan voz kechib, Germaniyaga koʻchib ketishga va u yerda nemisga turmushga chiqishga majbur boʻladi.

Buning natijasida uni yaxshi koʻrgan yigiti chuqur iztirob chekadi. U mahalliy vokzalda navbatchi boʻlib ishlaydi va Halimani sevishda davom etadi. Yana bir bosh qahramon,  Halimaning otasi Abdurasul ham oʻta mushkul ahvolda qoladi. Turmush oʻrtogʻi vafot etgan, qizi bilan koʻchib ketish uchun hamma narsasini sotgan, faqat birgina echkisi bilan qolgan Abdurasul – Vatanini tashlab keta olmaydi.

V Tashkente pokazali spektakl pro migrantov
Andrey Teshayev
"Mono-Lock" spektaklidan sahna

Spektaklda juda koʻp badiiy simvollar ishlatilgan. Ulardan biri Abdurasulning echkisi boʻlib, u doimo unga arqon bilan bogʻlangan holda koʻrsatilgan. Masalan, sahnalardan birida  kizi bilan Germaniyaga ketishga otlanganda, uni echkisi bilan poyezdga chiqishga ruxsat berishmaydi. Abdurasulni oʻz qishlogʻidan ketgani qoʻymay turgan narsa – echki, rejisser gʻoyasi boʻicha – Vatan timsoli boʻlsa ajab emas.  

Mavzu oʻta jiddiy boʻlishiga qaramasdan, spektaklda juda koʻp kulgili sahnalar mavjud. Ular oʻzbek teatr sanʼati uchun butunlay  yangicha uslubda yaratilgan. Buni oʻzbek teatrining qayta tugʻilishi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

V Tashkente pokazali spektakl pro migrantov
Andrey Teshayev
"Mono-Lock" spektaklidan sahna

Eslatib oʻtamiz, bu Yolqin Toʻychiyev rejisserligida qoʻyilgan ikkinchi spektakl boʻladi. Birinchsi bir necha yil oldin “Ilhom” teatrida mashhur rejisser Mark Vayl boshchiligida “Abdulla Qodiriy” asari asosida qoʻyilgan edi.

Ayni damda spektakl  mualliflari yangi sanʼat asarini “Ilhom” teatri sahnasiga chiqarishni rejalashtirishmoqda.

Asosiy mavzular