06:56 24 Noyabr 2017
Efir
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali

Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim haykali ochildi

© Darakchi
Madaniyat
Havola olish
Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi (19)
214 0 0

Haykal ochilish marosimida ikki shoir avlodlari hamda davlat va jamoat arboblari ishtirok etishdi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Bugun Jizzaxda 20 asrning yetuk oʻzbek shoirlari Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimga bagʻishlangan xotira majmuasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Tadbirda viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari ishtirok etishdi. Undan tashqari, haykal ochilish marosimida ikki shoir avlodlari hamda keng jamoatchilik vakillar va yoshlar ishtirok etishdi.

Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali

Tantanali marosimni xonandalar ovozi va shira qizlarning mushoirasi bezadi. Tadbir soʻnggida yigʻilganlar haykal poyiga gulchambarlar qoʻyishdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbek adabiyoti rivojlanishiga oʻzlarining buyuk hissasini qoʻshgan ushbu adiblar nomi Oʻzbekistonda qadrlanib kelmoqda. Xususan, birinchi prezidenti Islom Karimov davrida "Zulfiya" nomli davlat mukofoti taʼsis qilingan edi. Undan tashqari, Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi oʻzbek tilini chuqur oʻrganishga ixtisoslashgan, zamonaviy maktab-internat ochilgan.

Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali
Mavzu:
Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi (19)

Asosiy mavzular