Shavkat Mirziyoyev Jizzax drama teatrini borib ko‘rdi

© Foto / Sherzod IkramutdinovZriteli na vistuplenii Simfonicheskogo orkestra Mariinskogo teatra v Tashkente
Zriteli na vistuplenii Simfonicheskogo orkestra Mariinskogo teatra v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatri rekonstruksiya qilingan edi.

TOShKENT,  6 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov haykali ochilishi munosabati bilan Jizzax shahriga bo‘lgan tashrifi davomida Jizzax musiqali drama teatrini borib ko‘rdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyat musiqali drama teatri Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan edi.

Jizzaxdagi Sharof Rashidov haykali - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Sharof Rashidov haykali ochildi

Teatrda keng ko‘lamli va yuqori saviyali ta’mirlash ishlari  o‘tkazilgan. Xususan, teatr binosining old qismiga zamonaviy qopmala va vitraj o‘rnatildi, yo‘laklarga keramik plitalar yotqizildi, bino oldida fusunkor favvora, yashil maysazor barpo etilib, hududga noyob manzarali daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazilgan.

Shuningdek, teatrning isitish tizimi, havo almashtirish, elektr, ichimlik suvi tarmoqlari yangilandi, 550 o‘rinli tomosha zalidagi o‘rindiqlar, sahnani yoritish, ovoz kuchaytirish uskunalari yangisiga almashtirildi, grim xonalarida zarur shart-sharoit yaratildi.

Shavkat Mirziyoyev teatr binosi bilan tanishar ekan, ushbu zamonaviy san’at dargohi Sharof Rashidovning qutlug‘ tavallud sanasi nishonlanayotgan kunda Jizzax viloyati xalqiga katta tuhfa bo‘lganini ta’kidladi. 

“Mazkur san’at koshonasi faoliyatini viloyatning olis tumanlarida yashovchi odamlar ham sezishi kerak. Buning uchun teatr ijodiy jamoasi salohiyatini yuksaltirish, uning faoliyatiga yangi ijodkorlarni jalb qilish, bugungi zamon darajasidagi sahna asarlarini qo‘yish ustida ishlash zarur. Shu orqali odamlarning teatrga qiziqishini oshirish, ularning ma’naviyatini tarbiyalash lozim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Teatr jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ijodkorlar uchun 7 qavatli uy-joy qurish, aktor va rejissorlarning malakasini oshirish, teatrdagi ijodiy muhitni viloyatdagi musiqa va san’at maktablariga ham yoyish kabi masalalarida yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0