06:57 24 Noyabr 2017
Efir
Pervыy sekretar TSK KP Uzbekistana SH.R.Rashidov

Jizzax drama teatrida Sharof Rashidov xotira kechasi boʻlib oʻtdi

© Sputnik/ Rыkov
Madaniyat
Havola olish
Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi (19)
139 0 0

Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyiga bagʻishlangan tadbirlar doirasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Sharof Rashidov xotira kechasi va kontsert dasturi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Bugun kunning ikkinchi yarmida, Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi va kontsert dasturi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Xotira kechasida senator va deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat va madaniyat namoyandalari, adibning avlodlari, faxriylar, yoshlar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi. 

Kontsert dasturida Oʻzbekiston sanʼat ustalari tomonidan milliy ashula va raqslar, jahon sanʼatining eng sara asarlaridan namunalar ijro etildi.  Ushbu kuy-qoʻshiqlar qalblarda Vatanga muhabbat, hayot sururi tuygʻularini joʻsh urdirdi.

Sharof Rashidov soʻzi bilan aytiluvchi «Olamda gullar yashar», «Vatan fidoyilariga», «Dugonalar», «Yor kelur» qoʻshiqlari, Hamid Olimjon va Zulfiyaning «Oʻzbekiston deya atalur…», «Yoshlik chogʻimda», «Kel, assalom» sheʼrlariga bastalangan taronalar, xalq ashulalari, jahon sanʼatidan ijro etilgan ariya va kompozitsiyalar tinglovchilarga bir olam zavq bagʻishladi.

Teatr sahna ortidagi ulkan monitorda Sharof Rashidovning bolalik va yoshlik davrlari, uni voyaga yetkazgan ota-onasi siymolari, hayoti, aks ettirilgan lavhalar namoyish etiladi.

Mavzu:
Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi (19)

Asosiy mavzular