"O‘zbekfilm" kinostudiyasiga yangi direktor tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DanichevOperator i assistent na syemochnoy ploshadke
Operator i assistent na syemochnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat va sport ishlari vazirining sobiq o‘rinbosari Fotih Jalolov kinostudiya direktori etib tayinlandi

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. "O‘zbekfilm" kinostudiyasiga yangi direktor tayinlandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Kinoplenka - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekfilm" direktori lavozimidan ozod qilindi

Madaniyat va sport ishlari vazirining sobiq o‘rinbosari Fotih Jalolov kinostudiyaga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Ilgari Jalolov Madaniyat va sport ishlari vazirligining teatrlar va tomosha muassasalari boshqarmasini, "O‘zbektelefilm" studiyasini boshqargan, uzoq vaqt davomida "O‘zbekkino" tizimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 19-aprelidan buyon "O‘zbekfilm"ni boshqarib kelgan Hilol Nasimov oktabr oxirida "boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan" direktorlik lavozimidan ozod etilgandi.

Yangiliklar lentasi
0