16:52 21 Noyabr 2017
Efir
Uchastnitsы konkursa Tы-super Tantsы iz Uzbekistana

Oʻzbekistonlik "Tы super! Tantsы" tanlovi ishtirokchilari uyga qaytmoqda

Sputnik / Aleksey Tixomirov
Madaniyat
Havola olish
325 0 0

Anastasiya Molokova, Durdona Irgasheva va Monika Dodarbekovalar tanlovning ikkinchi bosqichidan soʻng uyga qaytishmoqda.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Kecha 11 noyabr kuni, "Tы super! Tantsы" konkursining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbekistonlik ishtirokchilar Anastasiya Molokova, Durdona Irgasheva va Monika Dodarbekovalar ham ishtirok etishdi.

Toshkent viloyatida joylashgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Anastasiya Molokova, Durdona Irgasheva va Monika Dodarbekovalar tanlovning ikkinchi bosqichida Out In Space nomli raqs ijro etishdi.

Sahnada oʻzbekistonlik ishtirokchilarni  rossiyalik xonanda, shou-men va boshlovchi Timur Rodrigez qoʻllab-quvvatladi.  

Qizlar raqsni chiroyli ijro etishga astoyidil harakat qilishgan boʻlsada, hayʼat aʼzolari ularning raqsini keyingi turga oʻtishga noloyiq deb topdi. Endi oʻzbekistonlik "Tы super! Tantsы" tanlovi ishtirokchilari uyga qaytadi.  

Eslatib oʻtamiz, tanlovning birinchi bosqichida Toshkent bolalar uyi tarbiyalanuvchilari jozibali milliy raqs ijro etib hayʼat aʼzolarini qoyil qoldirishgan edi.

"Tы super! Tantsы" xalqaro tanlovi NTV telekompaniyasi va Sputnik axborot agentligi tomonidan oʻtkazilmoqda. Loyihada MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Sputnik
Tы super Tantsы_02

Asosiy mavzular