16:46 21 Noyabr 2017
Efir
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana

Turkmanistonda oʻzbek filmlari namoyish etiladi

© Nuz.uz
Madaniyat
Havola olish
68 0 0

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston madaniyat va sanʼat olamining 60 dan ziyod vakillaridan iborat delegatsiya Turkmanistonga joʻnab ketdi

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Joriy yilning 12-16 noyabr kunlari Turkmanistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari oʻtkaziladi, shu munosabat bilan Oʻzbekiston madaniyat va sanʼat olamining 60 dan ziyod vakillaridan iborat delegatsiya Turkmanistonga joʻnab ketdi, deb xabar qildi "Oʻzbekkino" milliy agentligi matbuot-xizmati.

Mazkur tarixiy tadbir doirasida Ashxabod va Dashouz shaharlarida oʻzbek filmlari namoyishi ham tashkil etiladi. Shu maqsadda Turkmanistonga taniqli kinorejissyor Shuhrat Mahmudov ham yoʻl olgan.

Delegatsiya aʼzolari qoʻshni respublikaning Ashxabod va Dashouz shaharlarida boʻlib oʻtadigan qator rasmiy va madaniy tadbirlarda qatnashadilar.

Jumladan, madaniyat kunlari dasturidan Turkmaniston madaniyat vazirligida uchrashuv, Turkmaniston davlat milliy muzeyi va turkman gilamlari milliy muzeyiga tashrif, oʻzbek — turkman ziyolilari uchrashuvi, oʻzbek sanʼati ustalarining kontserti hamda madaniyat kunlarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari oʻrin olgan.

 

Asosiy mavzular