Farrux Zokirov Qirg‘izistonning "Dostuk" ordeni bilan mukofotlandi

© Commons.wikimedia / Doniyor Sharipov, Dilbar Rahmonova and othersPeves Zakirov Farrux Karimovich
Peves Zakirov Farrux Karimovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda Farrux Zokirov O‘zbekiston xalq artistlari klubining raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev farmoniga ko‘ra xonanda, bastakor, "Yalla" vokal-cholg‘u ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov Qirg‘iziston va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi, ko‘p yillik va samarali ijodiy faoliyati uchun "Dostuk" ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Peves Zakirov Farrux Karimovich - Sputnik O‘zbekiston
Farrux Zokirov Xalq artistlari klubi rahbari bo‘ldi

Farrux Zokirov 1946-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston va sobiq Ittifoqdagi beshta respublika xalq artisti, san’at sohasida O‘zbekiston Davlat mukofoti sohibi.

Farrux Zokirov ayni paytda ham ijodini davom ettirmoqda hamda "Yalla" guruhi bilan birgalikda qator davlatlarda o‘z chiqishlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lmoqda.

Hozirda Farrux Zokirov O‘zbekiston xalq artistlari klubining raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0