Toshkentdagi yangi yil diskotekasida 80-yillar afsonalari chiqish qiladi

© Sputnik / Andrey AleksandrovBivshiy solist gruppi Bad Boys Blue Kevin MakKoy
Bivshiy solist gruppi Bad Boys Blue Kevin MakKoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda tomoshabinlar "Ottawan" va "Bad Boys Blue" guruhlarining xit qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lishadi

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. 26-27 dekabr kunlari 80-yillarning afsonaviy qo‘shiqchilari "Ottawan" disko-dueti va "Bad Boys Blue" nemis yevrodisko-guruhining sobiq ishtirokchisi Kevin MakKoy "Istiqlol" san’at saroyi sahnasida kuylaydilar. Bu haqda tadbir tashkilotchilari xabar bermoqda.

Toshkentda tomoshabinlar Mariya Ester ijrosidan bahramand bo‘ladilar. "Ottawan" qator mashhur qo‘shiqlari qatorida o‘ziga dunyoviy shon-shuhratni keltirgan ommabop xitlari — "D.I.S.C.O." va "Hands Up (Give Me Your Heart)" qo‘shiqlarini ham kuylaydi.

Kevin MakKoy esa "Bad Boys Blue"ning "You're A Woman", "Gimme Gimme Your Lovin", "Hungry For Love" kabi xitlarini ijro etadi.

Tashkilotchilarning bildirishlaricha, konsertda tomoshabinlar shuningdek Farruh Zokirov va "Yalla" guruhi, Tohir Sodiqov va DJ Piligrim kabi o‘zbek estradasi yulduzlarini ham ko‘rishga muyassar bo‘ladilar.

Yangiliklar lentasi
0