12:13 18 Dekabr 2017
Efir
Madaniyat

Toshkentda Maykl Jeksonning "ustozi" topildi

Havola olish
282810
© Youtube / Uzbek Video

Internetda Maykl Jeksonning "oyda yurish" raqsini qoyillatgan amaki haqidagi videolavha shov-shuv boʻlmoqda.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmogʻida Maykl Jekson raqsini qoyilmaqom ijro etgan toshkentlik amakining videosi topildi.

Facebook foydalaniuvchilari aytishiga qaraganda u kishining ismi Oybek boʻlib, u Yunusoboddagi mahallalardan birida istiqomat qilar ekan.

Oybek aka raqsga tushishni konservatoriyada oʻrganmagan, albatta, lekin harakatlanishi, chaqqonligi, Maykl Jeksonga juda oʻxshash. Raqs ijro etilishi ham yuqori darajada. Raqqos chin dildan, oʻzi ham rohatlanib ijro etayotgani koʻrinib turibdi.  

"Bu yo Mayklning oʻzi yo uning ustozi", — deb izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri video ostida.

"U kishini yaxshi kiyintirib sahnaga chiqarsa har qanday guruhning koʻrki boʻladi", — deydi Mavluda ismli foydalanuvchi.

"Bu kishi bizning qoʻshni, Oybek. U anchadan beri shunaka raqsga tushib yuradi", — deb yozgan Ranoshka ismli Facebook foydalanuvchisi.

Yana video

Asosiy mavzular