04:53 19 Yanvar 2018
Efir
Portfel s dokumentami

Oʻzbek milliy maqom sanʼati markaziga rahbar tayinlandi

Sputnik / Aleksey Drujinin
Madaniyat
Havola olish
317 0 0

Jasur Jabborov bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Yangi tashkil etilgan Oʻzbek milliy maqom sanʼati markaziga rahbar tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, Jasur Jabborov bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Bunga qadar u Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy uyushmasi maʼmuri lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning noyabrida prezident Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbek milliy sanʼati maqomni rivojlantirish toʻgʻrisida"gi qarorni imzolagandi.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekistonda Maqom sanʼati markazi tashkil qilinib, markaz maqomni oʻrganish va uni ommaviylashtirish bilan shugʻullanadi.

Markaz maqomning mumtoz va zamonaviy audio va videoyozuvlarini jamlab, ulardan maqomning "oltin fondi" tashkil qiladi. Undan tashqari turli yoʻnalishdagi maqom ijrolari notaga solinib ular ilmiy jihatdan oʻrganila boshlanadi.

Maqom haqida oʻquv kitoblari va ilmiy-metodik adabiyotlar paydo boʻladi. Ularning yordamida maqom musiqa taʼlimida alohida fan sifatida oʻrganila boshlaydi.

Asosiy mavzular