04:51 19 Yanvar 2018
Efir
Farrux Zakirov i Sherali Djurayev

Sherali Joʻrayev "Istiqlol" sanʼat saroyida toʻrt kun jonli ijroda kontsert beradi

© instagram / shohjahon__official
Madaniyat
Havola olish
80240

Hofizning "Oʻzbegim" deb nomlangan kontsert dasturi 19-22 yanvar kunlari boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 19 dek – Sputnik. Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev "Istiqlol" sanʼat saroyida kontsert dasturini namoyish etadi. Bu haqda "Oʻzbekkontsert" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, hofizning "Oʻzbegim" deb nomlangan kontsert dasturi 19-22 yanvar kunlari boʻlib oʻtadi.

Anonsda dastur jonli ijroda boʻlib oʻtishi koʻrsatilgan. Sputnik muxbirining xabar qilishicha, chiptalar narxi 20 ming soʻmdan 250 ming soʻmgacha etib belgilangan.

Bastakor, shoir va aktyor sifatida ham dong taratgan Sherali Joʻrayev 1947 yilning 12 aprelida Andijon viloyatining Asaka tumanida tavallud topgan. 1966-1971 yillarda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida tahsil olgan.

Uning "Birinchi muhabbatim", "Turnalar", "Yigitlar", "Hurlar bormish jahonda", "Kelsa gar Navroʻzi olam", "Oshiqlaring sardori menman" singari qoʻshiqlari hali-hanuz sevib tinglanadi.

Asosiy mavzular