Toshkent Yangi yilni 8-yanvarga qadar nishonlaydi

© Sputnik / StringerNovogodnyaya yarmarka na ploshadi v Tashkente
Novogodnyaya yarmarka na ploshadi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2017-yilning 27-dekabridan 2018-yilning 8-yanvarigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Toshkent shahrida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2017-yilning 25-dekabrida boshlanib 2018-yilning 8-yanvarigacha davom etadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmatiga tayangan holda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.

Novogodnyaya yel - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yangi yil bayrami o‘zgacha o‘tkaziladi
Ma’lum bo‘lishicha, bu yil bayram archalari Toshkentning 12 ta maydonida o‘rnatilishi belgilandi.

Bayram ishtirokchilari, mehmonlar, ayniqsa bolajonlar, shuningdek transport harakati xavfsizligiga ustuvor o‘rin bergan holda, bu bayramning "Bosh archa"si va bosh sahna Labzak va Qodiriy ko‘chalarida joylashgan "Navro‘z" bog‘ida bunyod etildi. Hozirda mazkur maydonda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraksionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi. Mazkur maydonga borish yo‘llarida keng obodonlashtirish va bayramona bezash ishlari boshlangan. Madaniyat vazirligi va tegishli mutasaddi tashkilotlar bayram kunlari o‘zbekistonliklarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yangi teatrlashtirilgan dasturlar ustida ish olib borishmoqda.

Yangi yil bayrami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston FVV Yangi yil bayrami oldidan profilaktik tadbirlar o‘tkazmoqda
Bundan tashqari, archalar odatdagidek "Mustaqillik va ezgulik" maydoni, Algoritm dahasidagi "Roison Elektronics" korxonasi oldi maydoni, Shayxontohur tumanidagi "Xadra" maydoni, "Lokomotiv-Anxor" istirohat bog‘i, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Lokomotiv" istirohat bog‘i, "Eko bog‘" old maydoni, Olmazor tumanida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Yashnobod tumanidagi "Do‘stlik" va "Ashxobod" istirohat bog‘lari, Sergeli tumanidagi "Greenpark" bog‘i hamda Bektemir tumanidagi "Quyoshcha nuri" bog‘i hududlarida o‘rnatiladi.

Yangiliklar lentasi
0