04:53 19 Yanvar 2018
Efir
Registan v Samarkande

Samarqandda yangi muzey quriladi

Sputnik / Stringer
Madaniyat
Havola olish
284 0 0

Bundan tashqari, 8 ta muzey qayta taʼmirlanadi

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Samarqandda 7 mlrd soʻmlik yangi muzey quriladi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

"Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi qaroriga koʻra 2018 yilda Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasi uchun shaharning eski shaharga yaqin qismida yangi bino quriladi. Buning uchun 7 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan", — deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, 8 ta muzey qayta taʼmirlanadi.

Taniqli oqin Ergash shoir Jumanbulbul oʻgʻlining uy-muzeyi qurilishiga ham qariyb 2,5 milliard soʻm mablagʻ beriladi. Bu choralar pirovardida tariximizning noyob osori-atiqalarini asrash barobarida xorijlik sayyohlarga xizmat koʻrsatish koʻlamini oshirishga ham xizmat qiladi.

Asosiy mavzular