04:51 19 Yanvar 2018
Efir
Enrike Iglesias

Toshkentda ilk bor mashhur xonanda Enrike Iglesias kontserti boʻlib oʻtadi

© Foto:
Madaniyat
Havola olish
34930

Hozirgi kunda Enrike Iglesias Lotin Amerikasi musiqasining eng taniqli qoʻshiqchisidir

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. 28 dekabr kuni "Istiqlol" sanʼat saroyida Enrike Iglesias kontserti boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi Art Uz Promotion Agency matbuot xizmati.

Kontsert mashhur biznesmen, milliarder Alisher Usmonov koʻmagida tashkil qilinmoqda.

Xozircha qoʻshiqchining kontsert biletlari narxlari maʼlum emas. Mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlarga qaraganda, kontsertga taklifnomalari davlat tashkilotlari tomonidan tarqatilmoqda.

Ispaniyalik xonandaning kontserti chiptalari Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqi, shuningdek, boshqa jamoat tashkiloti va Mehribonlik uylari orqali iqtidorli, faol yoshlarga tarqatiladi.

Bundan tashqari, oʻqishda va jamoatchilik ishlarida maʼlum bir yutuqlarga erishgan oʻquvchi va talabalar ham Enrike Iglesiasning kontserti chiptalarini qoʻlga kiritishlari mumkinligi aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, Enrike Iglesias 1975 yil 8 may kuni Ispaniyaning Madrid shahrida tugʻilgan. Enrike Iglesias hozirgi kunda Lotin Amerikasi musiqasining eng taniqli qoʻshiqchisidir. Uning Bailando video klipi Youtube ijtimoiy tarmogʻida 2,5 mlrd marotaba koʻrilgan.

Iglesias Uitni Xyuston, Layonel Richi, Kelis, Sara Konnor, Shon Karett, Ciara, Pitbull, Nikol Sherzinger, Asher, Eykon, Djennifer Lopes, Alsu bilan duet qoʻshiq aytgan. 

Enrikening koʻshiq albomlari 116 marta oqoltin va 227 marta oltin sovriniga loyiq deb topilgan. Butun dunyoda 100 milliondan ortiq disklari sotilgan.

Qoʻshiqching Ring my bells, Escape, Bailamos, Hero qoʻshiqlari ham xit darajasiga chiqqan. Enrike Iglesiasning otasi Xulio Iglesias ham mashhur qoʻshiqchi boʻlib, u ham 2008 yilda Toshkentga kelgandi.

Eslatib oʻtamiz, 15 va 17 dekabr kunlari rossiyalik biznesmen, milliarder Alisher Usmonov koʻmagi bilan boshqa taniqli xonandalar — Robbi Uilyams va Xose Karreraslarning Toshkentdagi kontsertlari uyushtirgandi.

Asosiy mavzular