Alisher Navoiy kinosaroyida retro filmlar namoyishi boshlanmoqda

© PixabayKinoplenka
Kinoplenka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomoshabinlar uchun retro filmlarning yangi repertuari o‘zbek va rus tillarida havola etiladi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Bir xil tipdagi filmlardan charchaganlar, "kino ko‘ray desam, arziguligi yo‘q" deya tinmay noliydiganlar uchun "O‘zbekkino" agentligi ajoyib tuhfa hozirladi.

Operator i assistent na syemochnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekfilm" kinostudiyasiga yangi direktor tayinlandi
2018 yilning 2-yanvar sanasidan boshlab Alisher Navoiy nomli kinosaroyining "O‘zbek kinosi durdonalari" kinozalida retro filmlarning yangi repertuari namoyishi boshlanadi.

Tomoshabinlar yaqin bir oy davomida: "Nodirabegim" (o‘zbek tilida, 1973 y.), "Ikki dil dostoni" (o‘zbek tilida, 1966 y), "Ribaki Arala" — (rus tilida, 1957 y.), "Dikar" (rus tilida, 1988 y.), "Bez straxa" (rus tilida, 1971 y.), "Qismat" (rus tilida, 1990 y.), "Zulmatni tark etib" (Mehrobdan chayon) — (o‘zbek tilida, 1973 y.) singari retro filmlarni katta ekranda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Yangiliklar lentasi
0