04:52 19 Yanvar 2018
Efir
Zumrad va Kimmat multfilmining umumiy davomiyligi 12 daqiqa 19 soniyani tashkil qiladi

Oʻzbekkino huzurida "Multiplikatsion filmlar studiyasi" DUK tashkil etiladi

© Youtube/ Uzbek Multfilm
Madaniyat
Havola olish
92 0 0

2017 yil 28 dekabrda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekkino" Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori qabul qilindi

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. 2017 yil 28 dekabrda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekkino" Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 7 avgustdagi qarorini bajarish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorga muvofiq Agentlik huzurida "Multiplikatsion filmlar studiyasi" Davlat unitar korxonasini tashkil etish koʻzda tutilgan.

Agentlik tizimiga kiruvchi:

"Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi" MCHJni "Hujjatli filmlar kinostudiyasi" Davlat unitar korxonasiga aylantiriladi. "Yoshlar tajriba-ijodiy 5-studiyasi" Davlat korxonasini "Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi" Davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlash koʻzda tutilgan.

Qarorda, "Oʻzbekkino" Milliy agentligi — kinematografiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanishi alohida qayd etilgan va uning tashkiliy tuzilmasi, Nizomi, Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi Ustavi tasdiqlangan.

Ushbu qarorning qabul qilinishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotdi, deyilgan "Oʻzbekkino" xabarida.

Asosiy mavzular