04:53 19 Yanvar 2018
Efir
Buxara

Buxoro Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilindi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Madaniyat
Havola olish
49840

Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qiladi. Ularning biri arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrikadagi musulmon mamlakatlardagi shaharlardir

TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. Islom hamkorlik tashkiloti madaniyat vazirlari IX Islom konferentsiyasida 2020 yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari Islom madaniyati poytaxti sifatida tasdiqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi matbuot-xizmatiga xabar berdi.

Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qiladi. Ularning biri arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrikadagi musulmon mamlakatlardagi shaharlardir.

2007 yil Toshkent shahri Islom hamkorlik tashkilotining (ISESCO) "Fan, taʼlim va madaniyat" tuzilmasi tomonidan Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilingan edi.

Tashkilotdagi madaniyat vazirlari IX Islom konferentsiyasi tomonidan 2020 yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari Islom madaniyati poytaxti sifatida tasdiqlangan.

"Aslida Buxoroi sharif bir necha asrlar davomida Islom madaniyati poytaxti boʻlib kelgan. Uning "Qubbatul Islom", yaʼni "Islom gumbazi" deb nomlangani ham bejiz emas. Tashkilot tomonidan ushbu shaharning Islom madaniyati poytaxti deb eʼtirof etilishi asrlar davomida ushbu shahar va undan chiqqan olimlarning Islom tsivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini yana bir bor tasdigʻi hisoblanadi", — deb taʼkidlangan xabarda.

Asosiy mavzular