04:53 19 Yanvar 2018
Efir
Pevitsa Yulduz Usmanova

Yulduz Usmonova yilning eng yaxshi "estrada xonandasi" boʻldi

© Ofitsialnыy sayt Yulduz Usmanovoy
Madaniyat
Havola olish
82132

Yilning eng yaxshi erkak xonandasi sifatida Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov eʼtirof etildi

TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova "Yil estrada xonanda"lari boʻlishdi, deb xabar qildi "Xabar" axborot-tahliliy portali.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va sanʼat sohalaridagi "Ehtirom" mukofoti 34 nafar ijodkorga topshirildi.

Oʻzbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova "Yil estrada xonandasi" nominatsiyasi gʻolibi deb topilgan boʻlsa, Oʻzbekiston xalq artisti Munojot Yoʻlchiyeva "Yil anʼanaviy qoʻshiq ijrochisi" nominatsiyasi sovrindori boʻldi.

Oʻzbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullayeva "Sahnamiz farishtasi", Oʻzbekiston xalq artisti, rejissyor Bahodir Yoʻldoshev "Yil rejissyori" nominatsiyalari gʻolibi boʻldi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar boʻyicha sanʼat va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan jami 34 ijodkorga ushbu sovrin topshirildi.

Asosiy mavzular