04:51 19 Yanvar 2018
Efir
Operator i assistent na sʼyemochnoy ploщadke

Kann festivali sovrindori Oʻzbekiston haqida badiiy film ishlaydi

© Sputnik/ Aleksey Danichev
Madaniyat
Havola olish
21821

Yapon kinorejissyorining suratga olish guruhi oʻtgan yilning sentyabrida Oʻzbekistonda boʻlib, suratga olish imkoniyatlarini oʻrganib ketgandi

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Kann festivali sovrindori, oʻzining qoʻrqinchli, triller va detektiv janridagi filmlari bilan mashhur yapon rejissyori Kiyosi Kurosava Oʻzbekiston haqida badiiy film suratga oladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Yaponiya Madaniyat vazirligi filmni suratga olish ishlarini qoʻllab-quvvatlashini rasman tasdiqladi va stsenariyni tasdiqladi. Filmning bosh maqsadi Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishdan iborat boʻladi", — dedi Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakili.

Yapon kinorejissyorining suratga olish guruhi oʻtgan yilning sentyabrida Oʻzbekistonda boʻlib, suratga olish imkoniyatlarini oʻrganib ketgandi. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimovning Yaponiyaga safari chogʻida ushbu masala ham muhokama qilingandi.

Kiyosi Kurosava —kinorejissyor, stsenariynavis, aktyor, yozuvchi va kinotanqidchi. U faoliyati davomida 40dan ortiq film suratga olgan boʻlib, ular orasida "Davo", "Insoniylik imtihoni", "Joziba" va "Labirint" filmlari mashhur.

2008 yildagi Kann kinofestivalida uning "Tokio sonatasi" filmi jyuri mukofotini qoʻlga kiritgan, 2015 yilda esa "Sohilga sayohat" filmi eng yaxshi rejissura uchun mukofotlangan.

Asosiy mavzular