04:53 19 Yanvar 2018
Efir
Tsirk v Uzbekistane

Toshkent tsirki yanvar oxiriga qadar Dushanbeda gastrolda boʻladi

© Tashkentskiy tsirk
Madaniyat
Havola olish
57 0 0

Gastrol dasturi Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Toshkent tsirki yanvar oxiriga qadar Dushanbeda gastrolda boʻladi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Tsirk jamoasi Tojikiston poytaxtiga yangi yil arafasida, 29 dekabrda kelgan boʻlib, bir necha chiqishlar qildi.

Gastrol dasturi Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan.

Tashkil topganiga 100 yildan oshgan Toshkent tsirki oʻzining tsirkchilar sulolalari bilan mashhur. Ular orasida Toshkenboyevlar va Zaripovlar sulolasi taniqli boʻlib, tsirk mahorati sirlari avloddan-avlodga oʻtib keladi.

Asosiy mavzular