04:53 19 Yanvar 2018
Efir
Kinoplenka

Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali ochiladi

© Pixabay
Madaniyat
Havola olish
9110

Mazkur oliy taʼlim muassasasi kinematografchilarni yetishtirib beruvchi dunyodagi nufuzli taʼlim dargohlaridan biri boʻlib, oʻzbek kinosi arboblarining koʻpchiligi aynan mana shu muassasada bilim olgan

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2017 yil 29 dekabrda kinematografiya sohasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilish Bayonida Moskva shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent shahar filialini ochish boʻyicha taklif tayyorlash belgilab qoʻyilgan. Bu haqda Oʻzbekkino milliy agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasining kino sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Moskva shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahar filialini ochish boʻyicha Rossiya hukumati bilan muzokaralar olib borishi va natijasi yuzasidan tegishli taklif tayyorlashi qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, mazkur oliy taʼlim muassasasi kinematografchilarni yetishtirib beruvchi dunyodagi nufuzli taʼlim dargohlaridan biri boʻlib, oʻzbek kinosi arboblarining koʻpchiligi aynan mana shu muassasada bilim olgan.

Asosiy mavzular