06:41 19 Yanvar 2018
Efir
Babur Zaxireddin Muxammed na miniatyure XVI veka

Hindistonlik kinoijodkorlar Bobur haqidagi filmni Oʻzbekistonda tasvirga olmoqchi

© Sputnik/ A. Sverdlov
Madaniyat
Havola olish
36620

Ushbu masala yuzasidan muzokaralar oʻtkazish maqsadida hindistonlik kinoijodkorlar joriy yil fevral oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Hindistonning "Emmay Entertainment" prodyuserlik kompaniyasi va "StarTV" telekanali Mirzo Bobur haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda.

Oʻrta asrning yetakchi adibi va buyuk shoir, mohir sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar (Humoyun, Akbar, Jahongir, Avrangzeb) haqidagi ushbu kartina koʻp qism — 6 fasldan iborat tarixiy film boʻlishi kutilmoqda.

"Emmay Entertainment" kompaniyasi vakillari filmning maʼlum qismlarini, xususan Boburning bolalik hamda Samarqand va Qobul shaharlaridagi hukmronlik davrlariga oid sahnalarni aynan Oʻzbekistonda tasvirga olishga qiziqish bildirishmoqda.

Ushbu masala yuzasidan muzokaralar oʻtkazish maqsadida hindistonlik kinoijodkorlarning joriy yil fevral oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular