13:54 16 Dekabr 2017
Efir

Loyiha haqida

Loyiha haqida

Sputnik yangiliklar agentligi media bozorda oʻz faoliyatini 2014 yil 10 noyabrda boshlagan. Sputnik bu serqirra dunyoda har bir mamlakat oʻz milliy qiziqishlari, madaniyati, tarixi va urf-odatlariga ega ekanligini aks ettiruvchi nashrdir.

Sputnik boshqalar aytmagan narsalar haqida gapiradi.

Agentlik - alternativ nuqtai nazardagi yangiliklar hamda radioeshittirishlar olib boruvchi maʼlumotlar manbaidir. Sputnik yangiliklari chet ellik mushtariylar eʼtiboriga qaratilgan.

Dunyoning yirik poytaxtlarida joylashgan har bir Sputnik tahririyati, oʻz saytlariga ega boʻlib, mahalliy radiostantsiyalar studiyalaridan eshittirishlar olib boradi. 2015-yilda Sputnikning jahonning 34 davlati, 130 shaharlarida 30 tilda jarang topadigan radioeshittirishlari hajmi sutkasiga 800 soatdan oshdi.

Agentlik oʻz multimedia matbuot-markazlariga ega boʻlib, saytlar uchun eksklyuziv kontent yaratadi, mahalliy tinglovchilar uchun radioeshittirishlar olib boradi.

Radioeshittirishlar faqat zamonaviy formatlar: DAB/DAB+ (Digital Radio Broadcasting), HD-Radio hamda uyali telefon va internet orqali olib boriladi.

Sputnik rus, abxaz, arab, arman, gruzin, dari, ingliz, ispan, qurd, qozoq, qrim-tatar, qirgʻiz, latish, moldovan, ozarbayjon, olmon, polyak, portugal, pushtu, serb, turk, tojik, oʻzbek, ukrain, fin, frantsuz, xitoy, hind, eston va yapon tillarida eshittirishlar olib boradi va oʻz multimediya kontentlarini yaratadi. Sputnik brendi ostida kechayu-kunduz ingliz, ispan, arab va xitoy tillarida yangiliklar nashr etiladi. Yangiliklar toʻxtovsiz ravishda chop etilishi uchun Vashington, Qoxira, Pekin va Montevideoda joylashgan hududiy tahririyatlar 24/7 tartibida faoliyat yuritadi.

Sputnik foto-xizmati - butun dunyo boʻylab keng tarqalgan foto-muxbirlar tarmogʻidir.