12:19 20 Yanvar 2018
Efir
Togʻ-boyitish kombinati. Arxiv surat

2016 yilda Sautbayda togʻ-kon majmuasi qurilishi boshlanadi

© Sputnik/ Yevgeniy Biyatov
Iqtisod
Havola olish
119 0 0

Sautbay koni Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida joylashgan boʻlib, u yerda ruda zahiralari 4mln tonna, ulardan volfram moddasi zahirasi 17 ming tonna deb baholanmoqda.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Oʻzbekiston va Janubiy Koreya 2016 yilning ikkinchi yarmida Sautbayda narxi 100 million boʻlgan togʻ-kon majmuasi qurilishini boshlayadi, Sputnik muxibiri xabari asosida.

Ushbu konda qazish va qayta ishlash ishlari bilan Uz-Kor Tungsten Oʻzbekiston-Janubiy Koreya qoʻshma korxonasi shugʻullanadi. Uz-Kor Tungsten Oʻzbekiston Davlat geologiya qoʻmitasi (49% sarmoya) va Janubiy Koreyadan Shindon Resources (51% sarmoya) kompaniyalari tomonidan tashkil qilingan.

“Majmua yuqori kiymat va talabga ega boʻlgan volfram mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Mahsulot toʻliq eksportga joʻnatiladi. 2015 yilning oxirigacha moliyalash jarayonini boshlash uchun, loyhaning texnik va iqtisodiy asoslash yakunlanadi”, deb xabar berdi Shindon Resources direktori An Je Yeng Sputnik muxbiriga.    

2016 yilning birinchi yarmida qoʻshma korxona qazishga litsenziya olib banklardan mablagʻ jalb qilish bilan shugʻullanadi.  Yilning ikkinchi yarmida togʻ-kon majmuasi qurilishi boshlanadi.

An Je Yengning soʻzlariga qaraganda, kerakli infraqurilmalar narxi alaqachon maʼlum boʻlgan. Elektr bilan taʼminlash inshootlari – 10 mln dollar, chuchuk suv bilan taʼminlash inshootlari – 15 mln dollar, gaz quvuri – 2,5 mln dollar, dedi u.   

Sautbayda qazish ishlari birinchi boʻlib boshlanadi, keyin Burgut va undan keyin Saginkan boʻlimlarida qazish ishlari olib boriladi.

 

Asosiy mavzular