O‘zbekiston Rossiyaga Il-114 samolyotlari uchun uchuvchilar tayyorlashga yordam beradi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishIl-114 yo‘lovchi samolyoti
Il-114 yo‘lovchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchuvchilar tayorlash sohasida O‘zbekiston Havo Yo‘llari Rossiya aviakompaniyalari bilan hamkorlik qilishga tayor.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekiston Havo Yo‘llari rossiya aviakompaniyalariga Il-114 samolyotlari uchun ekipaj tayyorlash borasida hamkorlik qilishga tayyor, kompaniya o‘quv-tayyorlov markazi xodimi xabariga binoan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Vladimir Putin hukumat vakillari, Mudofaa vazirligi va Privoljsk okrugidagi prezident vakiliga Il-114 samolyotining ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy istiqbollarini va maqsadga muvofiqligini baholashni topshirgan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, samolyot dvigateli va radioelektron uskunalari yangilanganidan so‘ng foydalanilishi qilinishi mumkin.

Rossiya hukumati ushbu samolyotni Nijniy Novgorod shahrining “Sokol”aviatsiya zavodida ishlab chiqarishga qaror qildi. Il-114 samolyoti ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 1,5-1,7 mlrd rubl mablag‘ kerak bo‘ladi. Butunlay yangi samolyot ishlab chiqarish uchun esa bundan kamida 30 baravar ko‘proq mablag‘ kerak bo‘lgan bo‘lardi.

Uning so‘zlariga qaraganda samolyot ishlab chiqarish boshlanganidan keyin uchuvchilar tayyorash bazasini yaratish uchun rossiya kompaniyalariga 3-yildan 5-yilgacha vaqt kerak bo‘ladi.

“Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik tajribasi biz uchun qiziqarli. Ushbu turdagi samolyotlar uchun dunyoda yagona full-flight trenajer O‘zbekistonda bor. Uning kabinasi samolyot kabinasi kattaligida yaratilgan va original kabinaning har bir millimetrini to‘liq takrorlaydi. Unda kutilmagan holatlardagi ekipaj hatti-harakatini real sharoitga yaqinlashtirilgan holda o‘rganib chiqish imkoni bor”, – deydi tayyorlov markazi xodimi.

Undan tashqari, O‘zbekiston aviakompaniyasi Il-114 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha katta tajribaga ega, chunki ushbu samolyotlar O‘zbekiston ichki yo‘nalishlarida 15-yilan beri xizmat qilmoqda. Hozir O‘zbekiston Havo Yo‘llari tarkibida 7 ta shunday samolyot bor. Ular mahalliy yo‘nalishlarda parvoz qiladi.

O‘zbekistonning Il-114-100 samolyoti konstruksiyasiga bir qator o‘zgarishlar kiritilgan. Samolyot Rockwell Collins kompaniyasi avionikasi,  Pratt&Whitney dvigatellari va Hamilton Sundstrand parraklari va Honeywell qo‘shimcha uskunalari bilan jihozlangan.  

Il-114-100 samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada Il-114 samolyoti TMZ planerlari asosida ishlab chiqariladi

Uskunalarning kompakt joylashishi natijasida, samolyot og‘irligini 430 kilogrammga kamaytirishga muvaffaq bo‘lindi. Natijada, parvoz uzoqligi oshirildi. Bundan tashqari, samolyot zamonaviy avtomatik qo‘nish tizimi bilan jihozlangan. Samolyot yo‘lovchilari soni 52 kishini tashkil qiladi. 

Hozir texnik masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Sobiq GAO TAPOiCh zahiralarida bir necha samolyot fuzelyajlari va boshqa ko‘plab ehtiyot qismlar bor. Rossiyaliklar uchun bu juda qulay. Hozir  ushbu ehtiyot qismlarni sotib olish haqida muzokaralar olib borilmoqda”, — dedi suhbatdosh.

Yangiliklar lentasi
0