14:10 16 Dekabr 2017
Efir
Zavod ombori arxiv surat

"Navoiy" EISZ – Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonasi deb topildi

© Sputnik/ Mixail Mokrushin
Iqtisod
Havola olish
26732

"Eng yaxshi EISZ" xalqaro tanlovida "Navoiy" EISZ uchta nominatsiyada gʻolib boʻldi

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Oʻzbekistonning investitsion muhitni yaxshilash, ushbu sohadagi huquqiy amaliyotni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, xorijdagi erkin sanoat —iqtisodiy zonalarning ilgʻor tajribalarini tatbiq etish borasidagi muvaffaqiyatlari butun jahonda keng eʼtirof etilmoqda, deb yozadi "Jahon" AA.

Xususan, keyingi yillarda "Navoiy" erkin-iqtisodiy zonasi (EISZ)da xorij kapitalini jalb etishni yanada oshirish, xorij investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, investorlar huquqlarini himoya qilish, moddiy-texnik va tashkiliy sharoitlarni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar majmuasi xorijda yuqori baholanmoqda.

fDi Magazine jurnali tahririyati tomonidan tashkil etilgan "Eng yaxshi EISZ" xalqaro tanlovida "Navoiy" EISZ quyidagi nominatsiyalarda gʻolib boʻldi:

– "Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonasi" nominatsiyasida birinchi oʻrin;

– "Osiyodagi yilning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonasi" nominatsiyasida ikkinchi oʻrin;

– "Osiyodagi kichik va oʻrta biznesni jalb etish boʻyicha yilning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonasi" nominatsiyasida ikkinchi oʻrin.

Tegishli sifat sertifikati bilan birga "Navoiy" EISZ oʻz nashrlari yoki marketing materiallarida fDi Global Free Zones of the Year 2016 Awards eksklyuziv logotipidan foydalanish huquqiga ega boʻldi.

fDi Magazine jurnali fDi Intelligence analitika markazi tomonidan chop etiladi va Financial Times noshirlik guruhi tarkibiga kiradi. U bevosita xorijiy investitsiyalar global bozoridagi tamoyil va prognozlarni tahlil qilishga ixtisoslashgan.

Jurnal bir yilda 6 marta nashr etiladi va yirik kompaniyalar, tijorat banklari, investitsiya fondlari, turli davlatlardagi davlat muassasalaridan iborat 15 mingdan ortiq obunachisiga ega.

Asosiy mavzular