06:44 20 Oktyabr 2017
Efir
Shakar zavodi ishchisi. Arxiv surat

Rusagro Oʻrta Osiyoni istiqbolli shakar bozori deb hisoblaydi

© Sputnik/ Yegor Yeremov
Iqtisod
Havola olish
214 0 0

Rossiyada eng yirik shakar va yogʻ-moy mahsulotlari yetkizib beruvchilar qatoridan oʻrin olgan Rusagro guruhi Oʻrta Osiyo mamlakatlariga istiqbolli yoʻnalish sifatida qaramoqda.

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Rusagro guruhi Oʻrta Osiyo hududini Rossiyada ishlab chiqarilgan shakar mahsulotlari yetkizib berish uchun istiqbolli yoʻnalish deb hisoblaydi. Bu haqida jurnalistlarga kompaniya bosh direktori Maksim Basov eʼlon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

"Biz uchun eng raqobotli yoʻnalish bu — Oʻrta Osiyo. Ushbu bozorda Rossiyada ishlab chiqarilgan barcha shakarni sotish mumkin. Birinchi navbatda, albatta bu — Qozogʻiston, shuningdek Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qirgʻiiston ham biz uchun qiziqarli yoʻnalishlardir", — dedi Basov.

"Rusagro" guruhi Rossiyaning eng yirik  shakar va yogʻ-moy ishlab chiqariuvchilari qatoridan oʻrin olgan. Kompaniyaning 70% aktsiyasi Vadima Moshkovich oilasiga va 6,9% aktsiyalari bosh direktor Maksim Basovga tegishlidir.

Asosiy mavzular