21:43 17 Oktyabr 2017
Efir
Alkogol maxsulotlari

Oʻzbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlariga aktsiz soligʻi oshdi

© Sputnik/ Sergey Pyatakov
Iqtisod
Havola olish
27532

2017 yilning 1 yanvaridan respublikada ishlab chiqariladigan spirt, spirtli ichimliklar, pivo va tamaki mahsulotlariga nisbatan aktsiz soliq stavkalari oshirildi

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda 2017 yilning 1 yanvaridan respublikada ishlab chiqariladigan spirt, spirtli ichimliklar, pivo va tamaki mahsulotlariga nisbatan aktsiz soliq stavkalari oshirildi. Bu haqda respublika davlat soliq qoʻmitasi vakili maʼlum qildi.

Oʻzbekiston prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida" qaroriga muvofiq 2017 yilning 1 yanvaridan etil spirtiga (tayyor mahsulotning 1 dekalitri uchun) nisbatan belgilangan aktsiz soligʻi — 6 275 soʻm (+25%), tabiiy vino — 6 358 soʻm (+5%), boshqa vino turlariga nisbatan — 10 ming soʻmgacha (+20%), konyak — 58 265 soʻm (+26,9%), aroq va boshqa oʻtkir spirtli ichimliklar — 54 057 soʻm (+25%), pivo — 6 416 soʻm (+25%)ni tashkil qiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Spirt ulushi 40 foizdan ortiq boʻlgan konyak uchun (tayyor mahsulotning 1 dekalitriga) aktsiz soliq 96 006 soʻm miqdorida belgilandi. 40 foizdan ortiq spirtga ega aroq va boshqa spirtli ichimliklar uchun esa — 89 071 soʻm.

Hujjatga koʻra, filtrli va filtrsiz sigaretlarning aktsiz soliqlari (ming dona uchun) 28,794 ming soʻmdan 37,432 ming soʻmga oshdi (+29,9 foiz).

Oʻzbekistonga olib kiriluvchi tamaki mahsulotlariga nisbatan belgilangan aktsiz soliq stavkalari saqlab qolindi va belgilangan aktsiz soliq qiymati (ming dona uchun) 18,2 dollarni tashkil etadi.

Asosiy mavzular