Uralmashzavod O‘zbekistonga ekskavatorlar yetkizib beradi

© uralmash.ruKaryerniy ekskavator EKG-5A
Karyerniy ekskavator EKG-5A - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Uralmashzavod korxonasi Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati va “Bekobodsement” korxonasi ekskavatorlar yetkizib beradi.

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Rossiyaning Uralmashzavodi O‘zbekiston konlari uchun ikkita EKG-5A rusumli ekskavator ishlab chiqaradi.

EKG-5A bu ulkan ekskavator bo‘lib, uning umumiy vazni 200 tonnaga yaqin. Ekskavator kovshi ichiga 5 kub metr hajmda, og‘irligi 30 tonnagacha bo‘lgan ruda sig‘adi. EKG-5A ekskavatori 3 harakatda BelAZ avtomobilini yukxonasini to‘ldiradi. Qizig‘i shundaki, ekskavatorda birorta ham benzinli yoki dizel dvigatel yo‘q.Ekskavator faqat elektr toki yordamida ishlaydi.

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishEKG-5A ekskavatori temir g‘ildiraklari
Izgotovlenie karyerno-gusenichnix ekskavatorov na PAO Uralmashzavod v Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston
EKG-5A ekskavatori temir g‘ildiraklari
O‘zbekiston sotib olgan ekskavatorlar TrP-D — tranzistorli tok o‘zgartirgich bilan jihozlangan bo‘lib, u 20% elektr tokini tejash imkonini beradi.

O‘zbekistonda ishlayotgan korxonalarning ko‘pi – bu davlat korxonalaridir.Ular asbob-uskuna sotib olishga juda sinchikov yondashadi. Uralmashzavod O‘zbekistonda ishonchli asbob-uskuna chiqaruvchi sifatida tanilgan. Bizning ekskavatorlar, maydalagichlar va tegirmonlar NTMKda, Olmaliq TMKda, Bekobodsement va boshqa korxonalarda ishlamoqda”, — dedi Uralmashzavod vakili Vacheslav Sekachev.

Ushbu ekskavatorlar Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati va “Bekobodsement” korxonasi uchun mo‘ljallangan. Ekskavatorlar 2017-yilning 2 choragida yetkizib beriladi. Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda Uralmashzavod NTMKga ana shunday ekskavatorlardan birini yetkizib bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0