23:36 18 Oktyabr 2017
Efir
RAVON brendi namoyishi

Ravon R2 va Ravon Matiz jahon reytingidan joy oldi

© Sputnik/ Yevgeniya Novojenina
Iqtisod
Havola olish
33410

GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan har ikki avtomobil jahon eng ommabop modellar reytingining TOP-50taligidan joy oldi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. 2016 yilda Ravon R2 va Ravon Matiz mos ravishda 22,4 va 17,6 ming dona sotilgan, deb xabar bermoqda "Darakchi".

Shu tarzda GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan A toifadagi har ikki avtomobil jahon eng ommabop modellar reytingining TOP-50taligidan joy oldi. Ravon R2 reytingda 43-, Ravon Matiz 47-oʻrinda joylashgan.

Chevrolet Spark bazasida ishlab chiqarilgan Ravon R2 sotuvi 2015 yildagiga nisbatan 2,5 baravardan koʻproqqa oshgan. Ravon Matizga boʻlgan talab esa 5 baravarga koʻpaygan.

Umuman olganda, 2016 yil natijalariga koʻra jahon avtobozorida 4,3 million dona A toifadagi avtomobil sotilgan. Shahar avtomobillariga boʻlgan talab 8 foizga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, shahar avtomobili bu uzunligi 3700 mmdan qisqa boʻlgan kichik modeldir.

Asosiy mavzular