Toshkent budjetining xarajatlari va asosiy daromad manbaalari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishToshkent hokimiyati
Toshkent hokimiyati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilda Toshkent shahar budjetinining asosiy xarajatlari ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini ta’minlash uchun yo‘naltiriladi.

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Poytaxt hokimi Raxmonbek Usmonov 2016-yilning 31-dekabrida xalq deputatlari kengashi tomonidan qabul qilingan shahar budjetini tasdiqladi, deyilgan hokimiyat xabarida  

Tasdiqlangan hujjata ko‘ra, 2017-yilda poytaxt hukumati ijtimoiy soha loyihalari uchun 1,393 trillion so‘m xarajat qilish rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘ning eng katta bo‘lagi — 808,348 milliard so‘mi — ta’lim muassasalariga, 528,448 milliard so‘mi — sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltiirladi.

Madaniyat va sport sohalariga nisbatan kam mablag‘ ajratilgan — 23,994 mlrd. so‘m. Ilm-fanni rivojlantirish uchun esa, bor yo‘g‘i — 670,345 mln so‘m ajratilgan.

Virtual qabulxona sahifasi - Sputnik O‘zbekiston
Virtual qabulxonaga tushgan murojaatlarning eng ko‘pi - Toshkent hokimiyatiga taaluqli

Iqtisodni rivojlantirish maqsadlari yo‘liga — 274,847 mlrd so‘m, qurilish sohasiga investitsiyalar — 147,011 mlrd so‘m, o‘z-o‘zini boshqarish organlariga esa —  26,765 mlrd. so‘m ajratiladi.

Hokimiyatining asosiy foyda manbai turli soliq va to‘lovlardan iborat. Eng katta daromad keltiradigan soliq turi bu- obodonlashtirish solig‘i bo‘lib, u poytaxt g‘aznasiga 619,642 mlrd so‘m foyda keltirishi kerak.

Ikkinchi o‘rinda, transport vositalari egalaridan benzin, dizel va gaz yonilg‘isi uchun olinadigan soliqlardir. Ushbu tur soliqlar shahar budjetiga 454,733 mlrd.so‘m daromad olib kelishi kutilmoqda.

Uchinchi o‘rinda yuridik shaxslardan olinadigan mol mulq solig‘i, bo‘lib u davlatga 345,143 milliard so‘m daromad keltiradi. Qolgan soliqlar umimiy hisobda budjetga 169,668 mlrd so‘m mablag‘ keltiradi.

Shunday qilib shahar budjetiga jamlanadigan umumiy mablag‘ miqdori 2,499 trillion so‘mni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0