O‘zbekiston 2016-yilda mosh eksporti hajmini uch barobarga oshirdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishMosh
Mosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan eng ko‘p mosh xarid qilgan mamlakat Hindistondir

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2016-yili undan oldingi yilga nisbatan uch barobar ko‘p, ya’ni 67 ming tonnadan ziyod mosh eksport qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri "O‘zagroeksport"dagi manbaga tayangan holda.

O‘zbekistondan ushbu mahsulotni xarid qilayotgan asosiy davlat — Hindiston bo‘lib qolmoqda.

Salat mahsulotlarini qayta ishlash zavodi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston brokkoli, rukkola va "Aysberg" salatini eksport qilmoqda
Jumladan, "O‘zagroeksport" AJ hamda Shri Niwas Dall And Besan Mill, Green Field Agro, Avika Foods va Eco Green Import&Export kompaniyalari o‘rtasida tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida Hindistonga 2016-yil to‘rtinchi choragidan boshlab mosh mahsuloti eksport qilinmoqda.

"Mahsulot asosan Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan yuklanmoqda.
2017 yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligida "O‘zagroeksport" AJ tomonidan Hindistonga jami 300 tonnaga yaqin mosh mahsuloti eksportga yuklangan bo‘lib, oy oxirigacha yana 2 ming tonna moshni eksport qilish buyurtmasi ustida ish olib borilmoqda.

Hindistondagi hamkorlar taklifiga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonning turli hududlariga sinov tariqasida moshning yangi navlari, xususan, "Black Matpe" navi ekilib, eksport qilinishi rejalashtirilgan", — deb ta’kidlagan manba.

Yangiliklar lentasi
0