Qarshida televizor va changutgich ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishTelevizor zavodi
Televizor zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxonada TCL brendi ostida yiliga 25 ming dona zamonaviy televizor, 15 ming Samsung changutgichi, 100 mingdan ortiq rozetka va elektr uzatgich mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati safari davomida 25-fevral kuni Qarshi shahrida elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

Bu yerda TCL brendi ostida yiliga 25 ming dona zamonaviy televizor, 15 ming Samsung changutgichi, 100 mingdan ortiq rozetka va elektr uzatgich mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Prezident mahsulot narxini arzonlashtirish va ularni eksportga yo‘naltirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxona faoliyatiga kollej bitiruvchilarini jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Hozirda O‘zbekistonda Artel, Foton va Roison electronics korxonalarida televizor va maishiy elektronika jihozlari ishlab chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0